Kuni kecha Rossiya uyali aloqa tarixida oltin harflar bilan yodda qoluvchi voqea sodir bo'ldi. Qanday voqea ekan degan savol sizni o'ylantirishi aniq. Demak, Rossiya uyali aloqa tarixida ilk bora 3G tarmog'ida Sankt-Peterburg gubernatori Valentin Matvienko bilan Bosh aloqa vaziri Leonid Reymanov o'rtasida videosuxbat bo'lib o'tdi.
3-oktyabr kuni Megafon kompaniyasi Piterda 30 ta yangi 3G tarmog'i uchun baza stantsiyalarini ishga tushurgan bo'lsa, Vimpelkom (Beeline) hamda MTS esa ushbu ishlarni 2008 yilga qoldirganlar.
Izoh: MTS-O'zbekiston kompaniyasi ham 2008 yilda 3G tarmog'ini ishga tushurishni rejalashtirgan.
Beeline (Unitel) kompaniyasi kelajakda ushbu tarmoq yo'nalishi bo'yicha ish olib borish niyatida ekanligini yashirayotgani yo'q.
|