Bugun yani 24-iyul Fm101 MHz manzili bo'ylab joylashgan O'zbegim taronasi radiosi o'zining 7 yoshini qarshi oldi. Erta tongdan radioga tashrif buyurar ekanman, bayram shukuhi liftdan yuqoriga ko'tarilishdan sezilib turar edi. Radio eshiklaridan ochiq yuz ila radio hodimlari kutib olishar ekan, kaminani shu zahotiyoq dastur oborilayotgan honaga, yani pult boshqaruvida o'tirgan boshlovchilar oldiga olib kirishdi. U yerda esa Dilmurod G'ulomov hamda Sabina maroq ila tonggi bayramona dasturni zavqu-shavq ila olib borishayotgan ekan.
Umuman olganda kun davomida Fm101 ni turli tuman kasb egalari kelib tabriklashdi va sovg'alar taqdim etishdi.
Shu o'rinda so'z so'ngida O'zbegim taronasi radiosini bugungi ayyom bilan chin yurakdan muborakbod etaman va kelajakda hamisha zavqli to'lqin bo'lib qolishini tilab qolaman!
|