Ayni kunlarda Yevropa bozorlarida S116 turkumiga oid quyosh nuridan zaryad oluvchi yangi uyali aloqa vositasi sotuvga chiqdi.
Apparat standart funksiyalarga ega: 1,3-megapiksellik fotokamera, MP3 pleyer, T-Flash kartalari uchun maxsus slot. Boshqa telefonlardan ushbu telefonning farqi faqatgina panelidadir. Panel quyosh energiyasidan elektr quvvati olishda katta ahamiyatga egadir.
40 daqiqalik suxbat jarayoni uchun telefon kamida 1 soat quyosh nuridan zaryad olishi kerak. Hi-Tech Wealth kompaniyasi vakillarining takidlashlaricha, ushbu telefon nafaqat quyosh nuridan, balki sun'iy nurlardan ham zaryad olishi mumkin ekan.
Ushbu yangi telefon narhi Xitoy bozorida 510 amerika qo'shma shtatlari dollariga baxolanmoqda.
Ana shunaqa... Kelajak texnologiyalari hozirda bizning bozorlarda mavjud bo'lmasada, tez orada bizda ham paydo bo'lishiga hech shubxa yo'q.
bir.uz
|