Evergreen kompaniyasi ajoyib bir qurilma, yani SATA dan USB ga o'tkazuvchi kichik qurilmani omma e'tiboriga taqdim etdi. Ushbu qurilma RAID massivlarini bemalol "podderjka", yani ishlata oladi. Qurilma nomi hozircha EG-SATA66 deb nomlanadi. Qurilmani yaratishdan maqsad, SATA turidagi vinchesterlarni RAID massivi asosida bir-biriga ulab, ulardagi ma'lumotlarni USB kanali orqali kompyuterga uzatish va qabul qilishdir. Ma'lumotlar uzatish tezligi 480Mb/sek. RAID 0, JBOD hamda RAID 1 massivlarini bemalol ishlata oluvchi ushbu qurilma uchun qo'shimcha dasturiy ta'minot hamda qurilmalar shart emas. Windows 2000, XP, Vista operatsion sistemalarida ishlay oladi; Razyomlari: SATAx2, USB mini- B female; 5 Voltlik tok ta'minoti; SATA, SATA II sistemalarida ishlay oladi; O'lchamlari: 72Ч52Ч25 mm; og'irligi 60 gramm va narhi hozircha aniq emas.
|