O'tgan hafta LG Electronics hamda dizayner Gvinalem Nikolos tomonidan LG kompaniyasining yangi uyali telefoni omma e'tiboriga taqdim etildi. UShbu telefon SIMPURE ("simple" + "pure") turkumiga mansub bo'lib, SIMPURE L2 nomi ostida iyul oyidan boshlab sotuvga chiqariladigan bo'ldi. Faqat hozirchalik yaponiyaning o'zida. Model ixcham 17,6 mm slayder bo'lib, ko'pgina zamonaviy funksiyalarga ega. 3G, GSM, GPRS tarmoqlarida bemalol ishlay oladi; 2,2- dyuymli 262К TFT LCD displey; 1,3-megapiksellik asosiy fotokamera hamda qo'shimcha tashqi kamera; o'lchamlari 98 x 48 x 17,6 mm bo'lib, og'irligi 110grammni tashkil etadi. Ushbu telefonni siz o'z didingizga mos bo'lgan holda qora, oq hamda tillarang korpuslilaridan birini harid qilishingiz mumkin.
|