Habaringiz bor 16-febral soat 00:00 dan COSCOM kompaniyasi yana uyali aloqa hizmatini qadamma-qadam ishga tushirishni boshladi. Bu vaqt oralig'ida O'zAAA hamda O'zbektelekom tomonidan tuzilgan komisiya barcha texnikalarni tekshirib chiqdi va barcha uskunalar yaxshi ishlayotganini e'tirof etishdi. Lekin uyali aloqa kanalidagi ba'zi bir COSCOM kompaniyasiga bog'liq bo'lmagan sabablar tufayli uyali aloqa 100% tiklanmadi. Ko'pgina hududlarda faqat ichki tarmoq orqaligina aloqa mavjud. Ba'zi abonentlardan boshqa abonentlarga sms yo'llash ham mavjud emas... Ushbu kamchiliklar yuzasidan COSCOM O'zAAA ga aloqadagi to'liq tiklanmaganlik haqida ma'lum qilindi. Hozirgi vaqtda aloqaning 100% qachon tiklanishi haqida ma'lumot yo'q. Bu masala faqatgina O'zbektelekom hamda East telekom tomonidan ajratilgan aloqa kanallarining ushbu kompaniyalar tomonidan to'liq yo'lga qo'yilishiga bog'liq. COSCOM kompaniyasi barcha abonentlaridan ushbu noqulayliklar uchun uzr so'rab qoladi.
|