COSCOM kompaniyasida 30-yanvarda bo'lib o'tgan aloqadagi texnik nosozliklar haqida oldingi sharxlarimizda habar berib o'tgan edik. Esingizda bo'lsa COSCOM kompaniyasi 5-fevraldan boshlab 10 kunga O'zAAA tomonidan chiqarilgan qarorga ko'ra aloqa hizmatini toxtatishi lozim edi. Lekin 2-fevral kuni ushbu qaror yuzasidan o'tkazilgan sudda COSCOM kompaniyasi faoliyati to'g'risidagi qaror bekor qilindi hamda COSCOM aloqa hizmatini to'xtatmasdan ish faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi. Shundan so'ng COSCOM kompaniyasi axborot bo'limi 30-yanvar soat 19:00 da aktiv bo'lgan barcha oddiy tariflar bo'yicha ulangan abonentlarga 30 daqiqalik kompensatsiya vaqtini taqdim etganligi haqida ma'lumot berib o'tdi. COSCOM-LUX, CORPORATE-LUX, Premium tarif planlari bo'yicha esa 1 kunlik abonent to'lovini kompensatsiya sifatida COSCOM kompaniyasi foydalanuvchilarga taqdim etdi. P.S.: O'ylaymizki, COSCOM kelajakda o'z abonentlarini sifatli hamda tezkor aloqa bilan taminlay oladi.
|