30 yanvar soat 19:48 dan 21:48 gacha bo'lgan 2 soatlik vaqt davomida SP "COSCOM" uyali aloqa kompaniyasining deyarli barcha abonentlari aloqasiz qolishdi. Bunga sabab elektr-ta'minot tizimidagi buzilishlar deya ma'lumot berdi SP "COSCOM" Ushbu hodisani batafsil o'rganish maqsadida 1-fevral kuni litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi yig'ilish o'tkazdi. Unga ko'ra bunday hodisa SP "COSCOM" faoliyati davomida avval ham sodir bo'lganligi esga olib o'tildi. Eslatib o'tamiz 2006 yilning 13-sentyabr kuni ham huddi shunday, 4 soat davomida barcha abonentlar aloqa hizmatisiz qolishgan edi. O'zbekiston Aloqa va Axborotlashtirish agentligi o'z xuquqidan foydalangan xolda, ushbu hodisani o'rganib chiqib, SP "COSCOM" kompaniyasini vaqtinchalik uyali aloqa hizmatlarini taqdim etishdan maxrum qildi. Yani 5-fevral, soat 12:00 dan boshlab SP "COSCOM" uyali aloqa hizmatlarini to'xtatgan holda 10 kun davomida barcha nosozliklarni bartaraf etishi lozim. Aks holda SP "COSCOM" kompaniyasini litsenziyadan butunlay maxrum etish kutmoqda! P.S.: O'zbekistonda uyali aloqa foydalanuvchilari 3000000 ga yaqin ekan... Har bir uyali aloqa vositasi foydalanuvchisi o'zi ishongan kompaniya hizmatlariga ishonadi hamda o'z vaqtida aloqada bo'lishni istaydi. Har qanday kichik nosozlik ham kompaniya obro'siga putur yetkazishi aniq! O'ylaymanki, SP "COSCOM" tez orada bu muammolarni bartaraf etadi va o'z abonentlarini hursadn qilishda davom etadi...
|