14-noyabr kuni Toshkent Axborot Texnologiyalar Universitetida yangi N1 va N2 o'quv labaratoriyalari korpus binosi qurilishi uchun g'ish qo'yish marosimi bo'lib o'tdi. Yangi 3 qavatli bino ZAO "CHEGARALOYIHA" loyihasi asosida eng zamonaviy texnologiyalar asosida qurilmoqda. O'quv korpuslarining umumiy maydoni 4700 kv/m. Loyihaga ko'ra 6 oyda ushbu bino TATU ma'muriyatiga topshirilishi ko'zda tutilgan. Yangi loyihaning to'liq ko'rinishi. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish vazirligi, TATU rektorati va qurilish proyekt bo'limi tomonidan binoning ilk g'ishlari qo'yildi. (Infocom.UZ)
|