Понедельник, 2024-05-20, 2:33 AM
 
Boshi Registratsiya Kirish
Sizning nikingiz "Mexmon"
Sayt menyusi
Yangiliklar bo'limi
Saytlar [1]
Internet va kompyuter [6]
Radio va TV [2]
Loyihalar [2]
Sharxlar va fikrlar [4]
Texnologiyalar [13]
Uyali aloqa vositalari [38]
Qiziqarli va kulgili [3]
REKLAMA
Sayt yangiliklari
» 2007 » Июнь » 12 » PAYNET yangi pul o'tkazish usullari bilan...
PAYNET yangi pul o'tkazish usullari bilan...

12-iyun kuni Milliy matbuot markazida PAYNET kompaniyasi tomonidan yangi "Paynet Mobile" to'lov tizimi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Hozirgi kunga qadar Paynet tizimi agentlari uchun 2 usul bilan to'lovlarni qabul qilish yo'lga qo'yilgan edi:
1. POS-terminallari orqali, yani GPRS orqali Paynet tizimiga ulanish orqali.
2. Tizimga internet orqali ulanish usuli bilan. Bu holda shaxsiy kompyuter hamda terminal printeriga ega bo'lish lozim.

2007 yil iyun oyidan boshlab PAYNET kompaniyasi to'lov usulining yangi ko'rinishini namoyish etdi. Ushbu to'lov usuli mobil telefon orqali amalga oshiriladi. Taqdimotgacha ushbu usul keng miqyosda sinaldi va ishga yaroqli deb topildi.

Ushbu yangi to'lov tizimi uchun avvalam bor uyali aloqa vositasiga kerakli dasturiy ta'minot o'rnatiladi. To'lovni qabul qiluvchi agent esa uyali aloqa vositasi yordamida to'lov summasi hamda to'lov raqamlarini kiritadi va to'lovni mobil GPRS orqali amalga oshiradi. To'lov so'ngida kichik portativ printerga BlueTooth orqali ulanilib, ma'lumotlar chop etiladi.

Yangi tizim to'lov tizimiga kichik o'zgarishlar olib kelib, to'lovchi abonentlarga anchayin katta qulayliklar yaratadi.
Kelajakda PAYNET kompaniyasi yangi hizmat turlai hamda yangi qulayliklarni taqdim etish maqsadida izlanishlar olib bormoqda.

Kategotiya: Texnologiyalar | Ko'ruvchilar: 3812 | Qo'shib qo'ydi: JET | Reyting: 4.2 |
Yangiliklar kalendari
«  Июнь 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Kirish formasi
Yangiliklardan qidirish
Sayt do'stlari
Statistika