Понедельник, 2024-05-20, 3:18 AM
 
Boshi Registratsiya Kirish
Sizning nikingiz "Mexmon"
Sayt menyusi
Yangiliklar bo'limi
Saytlar [1]
Internet va kompyuter [6]
Radio va TV [2]
Loyihalar [2]
Sharxlar va fikrlar [4]
Texnologiyalar [13]
Uyali aloqa vositalari [38]
Qiziqarli va kulgili [3]
REKLAMA
Sayt yangiliklari
» 2007 » Май » 10 » Zamonaviy texnologia yoshlar orasida
Zamonaviy texnologia yoshlar orasida

Talaba ilmga chanqoq, intiluvchan, harakatchan va albatta, qiziquvchan o‘smir, qo‘yingki, har qanday bilim talabgori. Uning odob axloqi, muomalasi, xatto o‘zini tutishi ham ilm chirog‘ini yoqib turgandek go‘yo. Quvnoq asalari kabi bilim bulog‘ini izlar doim. Uni goh domlasidan, goh kitobdan topib sabri chidaguncha, kuchi yetguncha yoki qiziqishi yo‘qolguncha o‘rganishga harakat qilar. Shart bajarilsa: ' topdim yo‘lim ' aks xolda, ' qaydasan bilim ' tarzida davom etar uning hayoti. Men ham talabaman. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasiman. Hozir texnika taraqqiy etgan davrda ma'lumotlar zahirasi bo‘lgan Internet qulayliklari katta. Ma’lumki web sahifalar har xil sohaga oid bo‘lishi mumkin.

Talabalar orasida bir do‘stim bor. Internet ishqivozi. Yangi xabarlardan tez voqif bo‘lishga qiziqadi. Kompyuter qismlari, zamonaviy apparatlar va ularning narxlariga befarq emas. Zamondan ortta qolmaslikka harakat qiluvchi bu do‘stim hozir katta bir dasturga qiziqib qolgan.

Bizga ma'lumki, Microsoft kompaniyasi kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishda katta muvaffaqiyatga erishdi. Windows Vista, yangi operatsion tizimni sotuvga qo‘ydi. Albatta, hozir bu tizimga talab va qiziqish katta. Uning qulayliklari va imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Uch o‘lchamli dizaynga ega, Windows oilasining yangi avlodi bo‘lgan bu tizimni biz qachon ishlatamiz ? Albatta, Microsoft kompaniyasining ham maqsadlari bor. Ma'lum vaqt sinalgan tizim turli variantlarda chiqarilib, 30 yanvar 2007 yildan boshlab xaridorlarga taqdim etilgan. Foyda olishda bu usul samarali. Uni tarqatish keng ko‘lamda bajarilmoqda.

Windows Vista operatsion tizimiga qiziquvchilar uchun qisqacha ma'lumot: Bu tizimni setup qilish sodda va qulay. Kompaniya tizimni ishlab chiqarish uchun 5 yil ichida 8 mlrd. $dan ko‘proq mablag‘ sarflagani haqida 'infocom.uz' jurnalida xabar berilgandi. Foydalanuvchiga qarab tizimning har xil turlari chiqarilgan. Uyda ishlatish uchun Home Basic va keng imkoniyatli Home Premiumdan foydalanish mumkin. 'Windows Vista Business' tizimi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan. Uning kengaytirilgan ko‘rinishi Windows Vista Enterprise nomi bilan ataladi. Nozik va talabchan xaridorlar uchun Windows Vista Ultimate tizimi taklif etiladi. Undagi turli funksiyalar bozor sohasi va kichik biznes bilan shug‘illanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Aynan shu tizimdagi Windows BitLocker uyda ham, ishda ham ma'lumotlar havfsizligini ta'minlash uchun ishlatiladi.

Windows Vista to‘rt turdagi: soddalashtirilgan, klassik, standart va Windows Aero™ interfeyslarini taqdim etadi. Soddalashtirilgan ko‘rinish yangidan modernizatsiya qilingan bo‘lib, oddiyroq kompyuterlar uchun mo‘ljallangan. Klassik ko‘rinish Windows 2000 stilidagi imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan. Bu ikki ko‘rinish tizimning har qanday turlarida mavjud. Standart interfeys o‘rtacha kompyuterlar uchun chiqarilgan bo‘lib, tizimni ishonchli va yuqori sifatda ishlashiga e'tibor qaratilgan. Uch o‘lchamli grafikani qo‘llash va oynalar bilan ishlashni takomillashtirish uchun 'Windows Driver Displey Model' grafik texnologiyasidan foydalanilgan. Standart interfeys tizimning Starter turi uchun emas, balki Home Basic turi uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy interfeys 'Windows Aero™' Vistaning Home Premium, Business, Enterprise va Ultimate turlari uchungina mo‘ljallangan.

Sizga ma'qul bo‘ldimi? Ma'qul bo‘lsa, kompyuteringizni moslashga shoshiling, chunki siz sinovga chiqarilgan Vistalarni ishlatishingiz mumkin. Axir u sinovdan o‘tgan, albatta, har bir notanish narsani ishlatganda, faqat ehtiyot bo‘lish kerak. Faqat Chatda, ICQda gap sotgan bilan zamonaviy bo‘lish qiyin. Mustaqil harakat zamon talabi. Aytganimdek, texnika tez o‘zgarmoqda. Demak, inson bilimi ham yangilanib turishi lozim.

(muallif: Ahror Abduvaliyev, TATU talabasi. INFOCOM.UZ)

Kategotiya: Texnologiyalar | Ko'ruvchilar: 1802 | Qo'shib qo'ydi: JET | Reyting: 0.0 |
Yangiliklar kalendari
«  Май 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Kirish formasi
Yangiliklardan qidirish
Sayt do'stlari
Statistika