Воскресенье, 2024-05-19, 9:04 PM
 
Boshi Registratsiya Kirish
Sizning nikingiz "Mexmon"
Sayt menyusi
Yangiliklar bo'limi
Saytlar [1]
Internet va kompyuter [6]
Radio va TV [2]
Loyihalar [2]
Sharxlar va fikrlar [4]
Texnologiyalar [13]
Uyali aloqa vositalari [38]
Qiziqarli va kulgili [3]
REKLAMA
Sayt yangiliklari
» 2006 » Декабрь » 14 » Genius Navigator 880: sichqon+telefon
Genius Navigator 880: sichqon+telefon

Engadget ning yozishicha, Genius kompaniyasi yangi zamon talablariga mos ravishda kompyuter sichqonchasiga internet-telefoniya (VOIP) orqali so'zlashish imkoniyatini beradigan go'shakni payvandlash, o'ziga xos "1da2" xususiyatli gadjetlarning yangi turini yaratdi.
"Bu turdagi mahsulot butunlay yangi narsa emas", - deb yozadi Engadget, lekin, to'g'risini aytadigan bo'lsam, men bunday narsani birinchi marta ko'rayapman. Bundan ilgari qaysi kompaniya qachon bu kabi matohni ishlab chiqargani haqida malumotim yo'qligi sababli, maqolamiz qahramoni men uchun birinchi telefon go'shagiga aylantirilgan sichqon bo'lib qoladi.
Kashfiyot yaratilishini internet-telefoniyaning tinimsiz rivojiga bog'lash mumkin. Yaqin kelajakda analogli telefonlarning o'limiga sabab bo'lishi bashorat qilinayotgan VOIP dunyoning uzoq chekkalariga arzon (juda ko'p hollarda esa, tekin) telefon orqali qo'ng'iroq qilish imkoniyatini yaratadi; butun dunyoda yuqori tezlikli internet yoyilib borar ekan, internet-telefoniyadan foydalanadiganlar soni ham ortishda davom etadi. Bundan tashqari, oniy xabarlashuv xizmatlari (Instant Messaging Services, masalan, Yahoo! Messenger, Windows Live (MSN) Messenger, Google Talk va boshqalari) ham "internetda yashaydiganlar" uchun asosiy muloqot vositasiga aylanib bormoqda.

Suratda ko'rib turganingiz sichqon+go'shak aynan ana shunday muloqot uchun yaratilgan. Uni ham internet-telefoniya dasturlarida, ham oniy xabarlashuvda bemalol qo'llashingiz mumkin; bundan tashqari, u oddiy kompyuter sichqoni vazifasini ham o'taydi. Genius Navigator 880 ga 7ta maxsus telefon tugmasi o'rnatilgan va uni, rasmda ko'rib turganingizdek, uyali telefonni ishlatganingiz kabi quloqqa qo'yib so'zlashish mumkin. Sizning fikringizni bilmadim-u, lekin menga ushbu ixtiro yoqdi: ham qulay, ham, o'zbeklar aytganiday, "bir harajatli".

(TechBlog.Uz)

Kategotiya: Texnologiyalar | Ko'ruvchilar: 1591 | Qo'shib qo'ydi: JET | Reyting: 0.0 |
Yangiliklar kalendari
«  Декабрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Kirish formasi
Yangiliklardan qidirish
Sayt do'stlari
Statistika