Воскресенье, 2024-05-19, 11:57 PM
 
Boshi Registratsiya Kirish
Sizning nikingiz "Mexmon"
Sayt menyusi
Yangiliklar bo'limi
Saytlar [1]
Internet va kompyuter [6]
Radio va TV [2]
Loyihalar [2]
Sharxlar va fikrlar [4]
Texnologiyalar [13]
Uyali aloqa vositalari [38]
Qiziqarli va kulgili [3]
REKLAMA
Sayt yangiliklari
» 2006 » Ноябрь » 27 » NOKIA N93
NOKIA N93

Bitta mana shunday telefoningiz bo’lsa bormi, butun boshli to’rvaxaltaga joy bo’ladigan matohlaringizni uyda bemalol qoldirib, ko’cha aylanishga chiqishingiz mumkin.

Ushbu gaplar mubolag’adan yiroq - Nokianing yangi N uyali telefonlar (aslini olganda, bularni shunchaki uyali telefon desangiz, Nokia xafa bo’lib qolishi turgan gap) seriyasining oxirgi vakili - N93 supertelefoni haqiqatdan ham o’z egasining sumkasidagi joyni, uning qimmatli vaqti va, eng muhimi, qayta tiklanmaydigan asablarini tejaydi.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, ushbu telefon oddiy uyali telefondan bir necha pog’ona yuqoridadir. Uning asosiy afzalliklarini quyida birma-bir sanab o’taman:

birinchidan, ushbu telefonni nisbatan yuqori sifatli surat ta’minlay oladigan videokamera (!) sifatida ishlatishingiz mumkin. 30 fps (soniyada 30ta kadr) standard tezlikda suratga oluvchi ushbu kameraning videosurat sifati yarim devoringizni egallovchi uy kinoteatrida juda yaxshi ko’rinmasligi mumkin, lekin N93 ning diagonal o’lchami 2.4 dyuym (6 sm) lik ekranida ajoyib taassurot qoldiruvchi sifat namoyish qiladi, deb yozadi Guardian Unlimited Technology;

ikkinchidan, ushbu telefon butun N seriyasi telefonlariga xos bo’lgan afzalliklar paketi: Wi-Fi texnologiyasi orqali bog’lanish imkoniyati, MP3 pleyer va FM radioga egadir. Kompyuteringiz, pleyeringiz va radioingizni bemalol uyga tashlab chiqavering;

uchinchidan, ushbu telefonga Carl Zeiss linzasi o’rnatilgan bo’lib, shu kungacha bironta uyali telefonda mavjud bo’lmagan 3.2 megapiksellik fotokamera yuqori sifatli fotosuratlar va’da qiladi. Albatta, bu fotokameradan DSLR sifatini kutmaymiz, lekin cho’ntakka sig’adigan telefonning biqinida joylashganini hisobga olib, maqtab qo’ya qolamiz.

qolaversa, ushbu telefonning o’ziga xos - shakl jihatidan noutbukni eslatuvchi - dizayni, Nokia mahsulotlariga xos chidamlilik va axamiyat N93ni boshqa smartfonlardan ajratib turadi.

Bu telefonni men o’zimcha bag’riga pichoqcha, qaychi, butilka ochqich, xaritalarni o’qish uchun lupa va yana bir qancha narsani sig’dira olgan shveytsariya armiya pichog’iga qiyoslagim kelib ketdi. Shuncha narsa ichida Nokia N93 dan telefon sifatida foydalanishni unutib qo’yish ham hech gapmas. Shuning uchun, soddalik oshig’i bo’lsangiz, yaxshisi o’zingizga boshqa telefon qidiring. Lekin Nokia N93 dan ham o’z qarsaklaringizni ayamang!

(TechBlog.UZ)

Kategotiya: Uyali aloqa vositalari | Ko'ruvchilar: 1547 | Qo'shib qo'ydi: JET | Reyting: 0.0 |
Yangiliklar kalendari
«  Ноябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Kirish formasi
Yangiliklardan qidirish
Sayt do'stlari
Statistika