Воскресенье, 2024-05-19, 10:09 PM
 
Boshi Registratsiya Kirish
Sizning nikingiz "Mexmon"
Sayt menyusi
Yangiliklar bo'limi
Saytlar [1]
Internet va kompyuter [6]
Radio va TV [2]
Loyihalar [2]
Sharxlar va fikrlar [4]
Texnologiyalar [13]
Uyali aloqa vositalari [38]
Qiziqarli va kulgili [3]
REKLAMA
Sayt yangiliklari
» 2006 » Ноябрь » 25 » MAQSAD - TA'LIM SIFATINI KO‘TARISH
MAQSAD - TA'LIM SIFATINI KO‘TARISH

Texnologiyalar taraqqiyoti jamiyatda chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Keyingi vaqtlarda jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojini tadqiq etuvchi olimlar tomonidan axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan to‘g‘ri foydalanish va boshqarish, inson hayotining barcha sohalariga kirib borib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishni ta'minlashi, АKT asrimiz taraqqiyotining eng asosiy ilgari yetaklovchi kuch bo‘lib qolishi mumkin, degan gaplarni ko‘p bor ta'kidlamoqdalar.

Haqiqatan ham bugungi kunda har tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini AKTsiz tasavvur etish qiyin. AKT kun sayin jadal sur'atlarda rivojlanib borayotganligi sababli ham ulardan ijtimoiy hayotning barcha sohasida foydalanish davrimizning eng dolzarb masalasi bo‘lib bormoqda. Ta'lim muassasalarida ham yetuk kadrlar tayyorlashdek, mas'uliyatli vazifalarini amalga oshirishda AKTdan keng foydalanilmoqda.

Yoshlarga turli fanlardan bilim beruvchi o‘qituvchi va mutaxassis kadrlar AKT vositalaridan foydalanishlari uchun, avval ularning bu sohadagi bilim darajalarini oshirish zarur. Bu ishda esa ta'lim muassasalarining barcha bo‘limlarini texnik jihatdan ta'minlash, Internetdan foydalanish imkoniyatini to‘la yaratib berish orqaligina samarali natijaga erishish mumkin. Internetni va masofali ta'limni amaliyotga tatbiq etish an'anaviy hamda masofali ta'lim o‘rtasida raqobatchilik muhitini yaratadi, bu esa o‘z o‘rnida an'anaviy ta'lim sifatini oshiradi, chunki u umumiy ta'lim tizimida o‘zining raqobatbardoshligini ta'minlashga intiladi va ta'limning umumiy darajasini oshiradi. Talabalar zamon talablariga javob beradigan darajada bilim olishlarida yangi axborotlarni, ayniqsa, elektron ko‘rinishda o‘zlashtirishlari yanada yuqori samara bermoqda. Ta'limning yangi turi rivojlanishiga ta'lim metodikasi, AKT va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish marketing metodlari kabi sohalarda fundamental yutuqlar katta ta'sir ko‘rsatayotganligi ko‘rinib turibdi. Ta'limda alohida metodikalardan o‘qitish texnologiyalariga, ommaviy xizmat ko‘rsatishda yuksak sifatni ta'minlovchi tizimli va kompleks yondoshish katta ahamiyat kasb etmoqda. Shunisi quvonarliki, keyingi davrlarda O‘zbekistonning qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholi foydalanishi uchun ham ko‘plab Internet tarmoqlari ishlab turibdi. Shuning uchun masofali o‘qitish metodlari va shu jumladan, televideniye yordamida bilim olishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada ta'lim muassasalari o‘rtasidagi muloqotlar olib boriladigan videokonferensiyalar katta rol o‘ynaydi. Talabalar chuqur bilim olishlari uchun yangi AKTdan foydalanish yanada keng imkoniyatlar yaratadi. Bu barcha mutaxassislar bilimlar va malakalarini kengaytirishda ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu masalada xalqaro ta'lim tizimi rivojlanish darajasi va sur'atlari, respublikamizda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" dek, davlat ahamiyatiga molik hujjat talablarini amalga oshirish katta ahamiyatga molik.

Yuqoridagi vazifalarni samarali amalga oshishida asosiy e'tibor birinchi navbatda, ta'lim sifatiga qaratilishi zarur, bunga multimediali texnologiyalarni qo‘llash, o‘qituvchi va o‘quvchining interaktiv o‘zaro aloqalarini ta'minlash, o‘quv kurslarini shu jumladan, elektron o‘quv kurslari, o‘quv darsliklarini ishlab chiqishda yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar va mutaxassislarni jalb etish evaziga erishiladi. Shu sababli ham AKT dan foydalanuvchi ta'lim muassasalarining faoliyatini o‘rganib chiqish ham dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ta'limning noan'anaviy shakllariga o‘tishda yangi AKT bo‘yicha tayyorgarlik mamlakatimizning deyarli barcha oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilmoqda.

Qator mamlakatlarda kun sayin masofali ta'limni amalga oshiruvchi o‘quv muassasalari, bo‘limlari va markazlari soni ortib bormoqda. O‘quv maskani uzoqda joylashgani, borish va yashash uchun katta mablag‘ zarurligi yoki sog‘liq imkoniyatlari cheklanganligi oqibatida o‘quv yurtiga doimiy ravishda qatnashning iloji yo‘q bo‘lganlarning ta'lim olish talablarini o‘quv yurtlari tarmoqlarini kengaytirish hamda o‘quv yurtiga qatnashni ko‘zda tutilmagan, ya'ni masofali ta'lim kabi o‘qitish usullarini tarqatish bilan qondirish mumkin.
Internet vositasida o‘qitishning katta imkoniyatlarga ega ekanligiga hech bir shubha yoq.

Hozirgi paytda kompyuterlar vositasida Internetga ulanish, shuningdek, telefon aloqasi, televideniye yordamida masofali ta'limdan foydalanish imkoniyatlari kun sayin ortib bormoqda. Yaqin yillarda o‘quv yurtlari ta'limi on-line shaklida amalga oshirish mumkin bo‘lgan ta'lim ma'lumotlar bazasidagi yuqori sifatli interaktiv multimediali materiallarga asoslangan bo‘ladi. Bundan tashqari, ta'lim muassasalari o‘quvchilar turli guruhlari uchun leksiya va seminarlaridan, video leksiya va videokonferensiya, on-line rejimida virtual seminar, kompyuterli konferensiyalardan foydalanib, turli xil boshqarib borish vazifalarini taklif etadilar. Ta'limda AKTning rivojlanishi bir necha bosqichlardan tashkil topadi. Har bir bosqichni bajarish AKTni oliy ta'limga samarali tatbiq etishni ko‘zda tutadi. Bir necha dastlabki bosqichlarni shunday belgilash mumkin: Birinchi bosqichda asosan moddiy-texnik ta'minot, dasturli, tashkiliy va boshqa zarur resurslarni to‘plash sodir bo‘ladi. Bu bosqichni faqatgina Internetdan foydalanish arzon bo‘lganida va o‘quv jarayonida qo‘shimcha axborot manbai sifatida foydalanilganda, elektron pochtasi ma'muriy va o‘quv faoliyatida qo‘llanilganda hamda o‘quv jarayoni elementi hisoblanganda, shaxsiy axborot resurslari (elektron darsliklar va kutubxonalar) yaratish, AKT, masofali o‘qitishni ta'lim muassasalarining barcha bo‘limlariga keng tatbiq etish tajribalari mavjud bo‘lganida yakunlangan deb hisoblash mumkin. Ikkinchi bosqich - bu asosan masofali o‘qitish jarayonida yaratilgan axborot resurslari va texnologiyalaridan foydalanishni rejalashtirish, yo‘naltirib borishdan iboratdir. Uning natijasi oliy o‘quv yurtining masofali ta'limda, masofali ta'lim va AKT mavzusi bo‘yicha konferensiyalar va seminarlar o‘tkazishda hamda masofali o‘qitishni olib borish uchun tizimlar va to‘plamlar yaratish sohasida yetakchi sifatida mashhurligi bo‘lishi kerak. Uchinchi bosqich - bu axborot ta'limidir. Ushbu bosqich asosiy natijasi an'anaviy hamda masofali o‘qitish usullari oliy ta'lim muassasalarida barcha mutaxassisliklar bo‘yicha yangi AKTni qo‘llash, virtual Universitetning rivojlanishi va ishlashi, ta'lim muassasalarini boshqarish elektron axborot tizimi, birgalikdagi ta'lim dasturlari bilan dunyoning boshqa universitetlari bilan o‘zaro aloqalar, resurslarning ochiqligi va elektron kutubxonalarning yetarli darajada ishlashi hisoblanadi. Bu uchta bosqichning bajarilishi uchun ta'limning texnik, dasturli va AKTning maxsus metodik ta'minlanishidan tashqari oliy ta'lim muassasalari butun o‘quv-metodik ishlarini yangi sharoitlarga yangi texnologiya, tashkil etish va yo‘naltirish sharoitlariga o‘tkazish kerak.

Bunga talab oliy o‘quv yurtlari an'anaviy o‘quv-metodik tizimlari tomonidan his etilmoqda, bu xususan oliy o‘quv yurtlarida ta'lim jarayonining sifati monitoringi zarurligi bilan bog‘liq.

Ta'lim muassasalarida talabalar yangi AKT dan samarali foydalanishlari uchun texnologik yordam yetishmasligidan qiynaladilar, ayrim o‘quv yurtlari yetarlicha texnik jihozlanmagan, yoki o‘qituvchilar interaktiv multimedia yordami bilan o‘qitish materiallarini yaratishlarini qo‘llash uchun maslahat berish vazifasini ta'minlamaydilar. Oliy ta'lim muassasalarida AKTni rivojlantirishga xalal beruvchi to‘siqlardan biri - bu masofali ta'limni an'anaviy o‘quv yurtlariga kiritish sharoitlarini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan vositalarning yetarli darajada emasligidir. Texnik nuqtai nazardan yaqin yillar davomida o‘quv yurtlari uchun murakkab masalalardan biri - ta'lim texnologiyalarida o‘qitish imkoniyatlarini o‘rganishni davom ettirish va virtual muhitda birgalikda o‘qitishni ta'minlaydigan o‘qitish tizimini rivojlantirish bo‘lib qoldi. Ta'limga va kasb-hunar tayyogarligiga o‘qitish sifati yanada oshirilib, kelajakka ishonch bilan qarash, istiqbolli rejalar tuzishni nazarda tutadi. Malakali va bilimli kadrlar ishining samaradorligi boshqalardan ko‘ra ancha yuqoriroq bo‘ladi. Shu maqsadda masofali ta'limda mavjud bo‘lgan televideniye kabi texnologik infrastrukturadan foydalanib, ta'lim samaradorligini oshirishga erishiladi. Ta'lim jarayonini yaxshilash bo‘yicha barcha belgilangan vazifalarni amalga oshirish birinchi navbatda, ta'lim tizimini boshqarish tashkilotlariga bog‘liq bo‘ladi. Albatta, mazkur vazifalarning amalga oshirilishi ta'lim jarayoniga AKTni tatbiq etish va ta'lim sifatini oshishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatishi, shubhasizdir.

Muallif: Dildora Majidova

Kategotiya: Texnologiyalar | Ko'ruvchilar: 2655 | Qo'shib qo'ydi: JET | Reyting: 0.0 |
Yangiliklar kalendari
«  Ноябрь 2006  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Kirish formasi
Yangiliklardan qidirish
Sayt do'stlari
Statistika